Toshkentda 751,6 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan xonadon aniqlandi
3-sahifa
−
23 iyun
8214Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Yangihayot tumani “Chortoq” MFY hududida yashovchi fuqaro O.K. o‘z uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kon kabi faoliyatlarni amalga oshirish uchun litsenziyalarni olishga qonunan ruxsat berildi. Biroq, ruxsatnomasiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalangan holda mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun BHMning 150 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qibrayda 733 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi