Toshkentda 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgan 55 yoshli erkakka hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahrida 55 yoshli erkak 7 yashar qizga pod’ezdda tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan kecha, 20 sentyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida ayblanuvchiga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida X.A.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilingan. 

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi Shuhrat Baqoyev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. 

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, X.A. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Shuningdek, jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berishi va protest kiritishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, sudlanuvchi muqaddam Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan sudlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2 nafar bloger yigit bir qizga metroda shilqimlik qilgandi. Keyinchalik ularga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent tegajog'lik zo'rlik koloniyalar pod'ezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made