Telegram
Birinchi biling!
3-sahifa
−
09 iyun
15243Toshkent shahrida 7 yashar qizga podezdda tegajog‘lik qilgan erkak qidirilayotgani haqida xabar berilgandi. Gumonlanuvchi erkak qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2 nafar bloger yigit bir qizga metroda shilqimlik qilgandi. Keyinchalik ularga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.