Toshkentda 64 yashar erkak o‘z uyida yonib ketdi
Jamiyat
−
22 fevral 2019
8866Kecha, 21 fevral kuni Toshkentda 64 yoshdagi erkak o‘z uyida tiriklayin yonib ketib, olgan jarohatlaridan vafot etdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
21 fevral kuni soat 02:47 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontohur tumani Termiz tor ko‘chasi 77-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 02 dan 55 daqiqa o‘tganda yetib borganda, yong‘in qo‘shnilari tomonidan o‘chirilgani va yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro R.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgani ma’lum bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida uyning 2 kv metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi, maishiy elektr jihozini belgilanmagan joyga qo‘yib, undan foydalanishidan.
LiveBarchasi