Toshkentda o‘quvchisiga shilqimlik qilgan 61 yoshli o‘qituvchi qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘quvchisiga uylanishini aytib, shahvoniy shilqimlik qilgan maktab o‘qituvchisi 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatida qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 61 yoshli fizika fani o‘qituvchisi R.I. 2024 yilning 4 noyabr kunidan boshlab shu maktabning 10-sinfida o‘qiydigan, voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan S.A.ga smayl yuborib, 2025 yil 8 fevral kuni test qog‘oziga rus tilida “men seni sevaman” deya sevgi izhorini yozgan.

Shuningdek, u qizning sinfdoshlaridan uni gaplashib yuradigan yigiti borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida surishtirib, boshqa darslarda ham uni kuzatib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul bo‘lgan va uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir necha marta sodir qilgan.

Kecha, 2 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud R.I.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘qituvchi o‘quvchiga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent o'qituvchi shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing