Toshkentda 6 ta metro bekati atrofida “stoyanka” quriladi

Jamiyat

image
Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi north_east

Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi

2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari quriladi. Ular: Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor metro bekatlari. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

2022 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3-, 4- va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.

2022 yil 1 yanvardan quyidagi ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi: 

•    metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar); 
•    bekatlar (ular atrofida joylashgan ob’ektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari); 
•    poyezdlar harakati jadvali; 
•    elektron to‘lov.

Qaror bilan shuningdek, 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing