Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi bugun, 29 may kuni soat 12:30 atrofida Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida Malibu 2, BYD Song, VAZ 2105, Lacetti, Nexia 3 va Zil rusumli yuk avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Uchtepa tumanida tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli bolani Matiz urib yuborgandi. Bola shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing