Toshkentda 531 tup daraxt yoqib yuborilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 550 tupga yaqin daraxt yoqib yuborilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holatga rasmiy munosabat bildirib, jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “M-D D” fermer xo‘jaligi hududida sodir bo‘lgan yong‘inda 531 tup daraxt nobud bo‘lgan. Oqibatida o‘simlik dunyosiga 134,9 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing