Toshkentda 500 million so‘mdan ortiq qiymatdagi elektr va gaz “tuya qilindi”

Jamiyat

image

Toshkent shahri va viloyatida 4 ta iste’molchi 500 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektrtarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiali ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, joriy yilning 15 sentyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’minotchi korxonalar bilan hamkorlikda Toshkent shahri hamda viloyatida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Unda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Jumladan:

● Yuqori Chirchiq tumani, “Birlik” MFY, Qipchoq ko‘chasida joylashgan “M.O.K.” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, davlat manfaatlariga 206 mln 415 ming so‘m (206 415 metr kub);

● Nurafshon shahrida joylashgan “Obodonlashtirish” boshqarmasiga qarashli favvora elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib, davlat manfaatlariga 171 mln 720 ming so‘m (171 720 kVt/soat);

● Mirobod tumanida joylashgan bank muassasasi elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib, davlat manfaatlariga 76 mln 860 ming so‘m (170 800 kVt/soat);

● Bekobod shahri, 12-daha, Oybek ko‘chasida joylashgan “O.K.Sh” MCHJga qarashli to‘yxona elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 46 mln 604 ming 160 so‘mlik (103 564,8 kVt/soat) zarar yetkazgan.

“Ushbu 4 ta ob’ektning noqonuniy foydalangan elektr va gaz zaxirasi umumiy hisobda 501 million 599 ming 160 so‘mni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uch viloyatda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektr energiyasi o‘g‘irlangani haqida xabar bergandik.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr gaz Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made