Toshkentda 5 ta xususiy klinikaga koronavirusni pullik tekshirishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda xususiy klinikalarda ham koronavirusga test topshirish imkoniyati yaratilishi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi rahbari Malika Qudratxo‘jayevaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 25 iyunga qadar Toshkent shahrida joylashgan “Tibbiyot dunyosi”, “SWISS LAB”, “VITROS DIAGNOSTICS”, “GENOTEXNOLOGIYA” va “AKFA MEDLINE” singari nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘z laboratoriyalarida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirish xizmatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolashgan.

Ushbu nodavlat tibbiyot muassasalari laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun belgilangan talablarga javob berishi to‘g‘risidagi tegishli xulosalar berilgan.

Shunga ko‘ra, Toshkentda birinchilardan bo‘lib “Tibbiyot dunyosi” MCHJ ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini 24 iyundan boshlagan. Qolgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ham shu hafta ichida koronavirus infeksiyasini pullik asosda tekshirishni boshlashini ma’lum qilishgan.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonda 25 iyun soat 17:00 holatiga 7 087 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 4 775 nafari sog‘aygan va 20 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing