Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
09 Sentabr
3764Bugun, 9 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida quyidagi avtomashinalar to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
- 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi O.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi;
- 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi F.Y. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli avtomashinasi;
- 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi T.Q. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasi;
- 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi O.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi;
- 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Sko rusumli avtomashina.
Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanida uchta avtomobil va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.