Toshkentda 42 yoshli piyodani bir mashina urib, ikkinchisi bosib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 5 iyul kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 42 yoshli piyodani bir mashina urib, ikkinchisi bosib ketdi. O‘lim bilan tugagan mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida ro‘y bergan. 43 yoshli haydovchi Z.Yu. “Hyundai Santa Fe” rusumli (davlat raqam belgisi 01 M 014070) avtomobilda harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

Zarba oqibatida piyoda yiqilgan va bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtomobilning tagida qolib ketgan.

Oqibatda 42 yoshli piyoda V.S. olgan tan jarahatlari sabab voqea joyida vafot etgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing