Toshkentda 40 yilda ilk bor yangi gaz quvurini qurish boshlandi

Jamiyat

image

Toshkentda uzunligi qariyb 8 kilometr va diametri 1020 mm bo‘lgan gaz quvurining qurilish-montaj ishlari  boshlab yuborildi. Bu haqda "Hududgazta'minot" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt gaz taqsimlash tizimida bu kabi qurilish so‘nggi 40 yilda ilk bor amalga oshirilayotgan bo‘lib, uni foydalanishga topshirilishi gaz ta’minotini tubdan yaxshilaydi.

“Bugungi kunda poytaxtimizda 671 mingdan ziyod jismoniy va 13 mingga yaqin ulgurji iste’molchilar mavjud bo‘lib, ularga joriy yilda, 4 milliard metr kubdan ziyod tabiiy gaz yetkazib berildi, bu o‘tgan 2019 yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir”, deyiladi kompaniya xabarida.

“Zangori yoqilg‘i” iste’moli hajmining ortishi, birinchi navbatda poytaxt infratuzilmasi jadallik bilan rivojlanib, yangi turar-joy massivlar qurilishi, yangidan-yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilayotgani bilan bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida, mavjud gaz taqsimlash tizimi infratuzilmasining kengaytirilishini talab etadi. 

Hozirda, Sergeli tumanida "Hududgazta'minot" AJning qurilish bo‘yicha maxsus shtabi tashkil etilgan. Qurilish maydonchasiga 2506 metr quvurlar yetkazib berilib, shundan 655 metrini o‘rnatish ishlari yakunlandi. Qurilish ishlariga 30 dan ortiq mutaxassis va 10 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur qurilish loyihasi 2021 yil yanvar oyining oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Uning foydalanishga topshirilishi poytaxt yagona gaz tarmog‘i halqasini yaratish va buning natijasida iste’molchilarga barqaror tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlaydi. Xususan, Chilonzor, Uchtepa, Yakkasaroy, Mirobod va Shayxontohur tumanlarining tabiiy gaz ta’minotini tubdan yaxshilash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing