Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 18 fevral kuni soat 19:30 da Amir Temur ko‘chasi Xotira maydoni qarshisida Cobalt, Spark, Gentra va Matiz rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda Cobalt avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan mazkur yong‘in bartaraf etilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt hamda Matiz avtomashinasi haydovchilari tan jarohat olgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Olmazor tumanida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yunusobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing