Toshkentda 4 mlrd so‘mlik “gashish” saqlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 4 milliard 317 million so‘mlik gashish saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan katta miqdordagi giyohvand moddalarning poytaxt hududida tarqalishiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Yakkasaroy tumanida olib borilgan tadbir natijasida Ivan ismli shaxs qo‘lga olinib, uning xonadoni xolislar yordamida ko‘zdan kechirilganda katta miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgani aniqlangan.   

“T.I.ning xonadonidan g‘isht shaklidagi jigarrang o‘tkir hidli moddalar va har bitta  qizil va ko‘k  o‘ramalarga o‘ralgan magnit yopishtirilgan, shaffof polietilen paketiga o‘ralgan o‘tkir hidli mumsimon moddalar borligi aniqlandi. Tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirib olindi”, deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositalarini internet orqali olib, grammlarga ajratib, yashirish yo‘li bilan tarqatib kelgan.

“Gashish giyohvand moddasi 1 va 0,5 grammdan shaffof paketga solib, magnit yordamida yopishtirilgan va “izolenta” bilan o‘ralgan. Sotuvchi giyohvand moddani Telegram bot orqali tegishli manzillarga qo‘yilib, sotib kelingan”, deyiladi xabarda.

Olingan giyohvand moddalar 8 kilogramm 303 gramm bo‘lib, umumiy qiymati 4 milliard 317 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

“Mazkur moddaga ko‘ra, sud hukmi bilan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qoradori bilan qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing