Toşkentda havo sifati “nosoğlom” darajagaça yetişi mumkin
Jamiyat
−
09:13 274 2 daqiqa
Bugun, 7 noyabr kuni keçki soatlarda Toşkent şahrida PM zarraçalari miqdori oşib, havo sifati “nosoğlom” darajagaça yetişi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 7 noyabr ertalab havo sifati Xalqaro AQI böyiça “örtaça” darajagaça yaxşilangan. Biroq keçki soatlarda kuçsiz şamol va noqulay meteorologik şaroit ta’sirida PM zarraçalari miqdori oşib, havo sifati “nosoğlom” darajagaça yetişi kutilmoqda.
Ertaga, 8 noyabr kuni havo sifati, asosan, “örtaça” va “sezgir guruhlar uçun nosoğlom”, 9 noyabr ertalab “örtaça” darajada bölişi prognoz qilinmoqda. Milliy indeks böyiça uşbu davrda havo sifati, asosan, “sariq”, qisqa muddatlarda “zarğaldoq” darajada bölişi mumkin. Kunduzgi soatlarda havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining özgarişi hisobiga havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.
Bildirilişiça, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd tadbirlari 24/7 rejimda davom ettirilmoqda. Jumladan, navbatdagi reydlar davomida Toşkent viloyati va Toşkent şahrida jami 95 ta ob’ekt faoliyati örganilgan. Keça, 6 noyabr kuni poytaxtda havo sifati “yaşil” darajaga çiqqan. Umuman olganda, oktyabr oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan havo sifati yaxşilangan.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida joriy 1 noyabrga ötar keçasi havo sifati sezilarli darajada yomonlaşgandi. Xususan, xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça ifloslaniş darajasi yarim tunda eng yuqori nuqtaga yetib, “juda nosoğlom” toifaga kötarilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr