Toshkentda 38-avtobusda nohush hodisa yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni Toshkentda 38-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda nohush hodisa yuz berdi. Voqea yuzasidan “Toshshahartransxizmat” rasmiy axborot berdi.

Unda qayd etilishicha, bugun, 13 may kuni 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 38-yo‘nalishda qatnovchi saroy raqami 37 bo‘lgan Mercedes Benz rusumli avtobusda yo‘lovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida to‘siq maqsadida o‘rnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan. Boshqa yo‘lovchilarning guvohlik berishicha atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning o‘zi jarohat olgan.

Ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organiga xabar berilgan.

Yuz berayotgan ana shunday holatlarni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati barcha yo‘lovchilar va shahar mehmonlaridan yana bir karra jamoat transportlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, uni asrab-avaylab, ko‘p yillar soz holda xizmat qilishiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing