Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
05 mart
5685Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Kecha, 4 mart kuni soat 21:00 larda Olmazor tumani Jarariq ko‘chasi 11-uy qarshisida (voyaga yetmagan) haydovchi 2008 yilda tug‘ilgan Q.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark, 1984 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 hamda 2000 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur YTHda Nexia rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Spark haydovchisi va 1 nafar 2009 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 28 fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida haydovchi Nexia-3 rusumli avtomobilda 2 nafar piyodani urib yuborgandi.