Toshkentda 3 ta Malibu ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 12 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi birdaniga 3 ta Malibu avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Voqea soat 13:30 atrofida Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 54-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 

Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan U.O. boshqaruvidagi Malibu hamda haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi Malibu va yana bir haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Malibu avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, 37 yoshli haydovchi U.O. tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

646

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing