Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida YTH bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 31 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Hodisa tumanning Seul ko‘chasida soat 22:45 larda ro‘y bergan. 2002 yilda tug‘ilgan M.G. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt, 1994 yilda tug‘ilgan M.P. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 va 1982 yilda tug‘ilgan D.B. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinalar to‘qnashgan.

YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan M.G. va Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi 1994 yilda tug‘ilgan M.P.lar tan jarohati olgani sababli shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumanida BMW, Matiz, KIA va Malibu 2 rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Chilonzor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing