Toshkentda 3 kun metrodan foydalanish bepul bo‘ladi
Jamiyat
−
30 avgust 2020 8435 1 daqiqa
Toshkent metropolitenida harakatlanish 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari bepul bo‘ladi. O‘zbekiston Transport vazirligining xabar berishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan shunday qarorga kelingan.
“To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, “Toshkent metropoliteni” UK ham bayram kunlari yo‘lovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Jumladan, bayram kunlari, ya’ni 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugundan Toshkent metropoliteni yangi yerusti halqa yo‘lining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan qismida harakat qo‘ylga qo‘yildi.
Live
Barchasi