Toshkentda 22 yoshli qiz Mercedes-Benz`da ikki piyodani urib ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 mart kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir piyoda jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Hodisa Yakkasaroy tumani Bog‘ishamol tumanida soat taxminan 9:30 larda yuz bergan. Mercedes-Benz rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 22 yoshli D.R. (qiz bola) piyodalar 41 yoshli G.D. va 58 yoshli X.M.ni urib yuborgan. Shundan so‘ng, 33 yoshli I.K. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hozirda YTH sabablari o‘rganilyapti.

YTH natijasida 41 yoshli G.D. tan jarohatlari olgan. Boshqa piyoda 58 yoshli X.M. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

573

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing