Toshkentda 20 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi. Kim aybdor? (video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Uning tasviri allaqachon ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Unda yo‘lning belgilanmagan qismidan shosha-pisha o‘tib kelayotgan piyodani Spark avtomobili urib yuborganini ko‘rish mumkin. 

Ushbu hodisa bo‘yicha poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 10 fevral kuni soat 17:00 da sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Spark mashinasini Mustaqillik shox ko‘chasida boshqarib ketayotganda, yo‘lni begilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda B.N.ni urib yuborgan. 

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Mirobod tumanida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing