Toshkentda 2 ta maktab karantinga yopildi. XTV koronavirus 2 yilsiz tugamasligiga sha’ma qilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablar faoliyati ehtiyotkorlik hamda xavfsizlik maqsadida Mahalliy kengash qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular o‘zida ushbu kasallik kechayotganidan bexabar bo‘lgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda barcha hududlarda maktab o‘qituvchilarining COVID-19 infeksiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik Markazi tomonidan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40- va 262-sonli maktablarda koronavirusga chalingan o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgani aniqlangan. 

“Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur virus 2 yilgacha chekinmasligini prognoz qilgan. Bugun har birimiz ushbu virus bilan yashashga, hech qanday havotirga tushmasdan hayot tarzimizni davom ettirishga o‘rganishimiz lozim. 

Mahalliy kengash deputatlari tomonidan qabul qilingan maktablarni yopish yohud ochish to‘g‘risidagi qarorlar u yoki bu maktab jamoasi va maktab o‘quvchilari, ya’ni bolajonlarimizning salomatligini o‘ylab amalga oshiriladi. Shu bois o‘qituvchilarimizdan ham ota-onalardan ham bunday holatlarda ortiqcha havotirga tushmaslik sanitariya-gigena qoidalariga rioya qilgan holda odatiy hayot tarzini davom ettirishlarini so‘rab qolamiz. 

Bunday holatlarda ota-onalardan talab qilinadigan asosiy narsa masofadan yaratib berilayotgan ta’lim imkoniyatlaridan foydalanib, farzandlari bilim olishini nazorat qilishdan iborat. Bu masalaga jiddiy yondoshishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi XTV xabarida. 

Karantinga olingan maktablar dezinfeksiya ishlari amalga oshirilganidan so‘ng Mahalliy kengash deputatlari qarori bilan yana o‘z faoliyatini tiklaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda barcha hududlarda ochilmagan maktablar faoliyatini tiklash bo‘yicha ham ishlar ketmoqda. 

16 sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada  2 550 ta (25%) maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda amalga oshirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing