Toshkentda 2 soat gaz bo‘lmaydimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri 2 soat ichida to‘liq gaz ta’minotidan uzlishi haqida xabarlar tarqaldi. Holatga oydinlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ Energetika vaziri Matbuot kotibi Elmira Bekmurodova bilan bog‘landi.

Elmira Bekmurodovaga ko‘ra, poytaxtda gaz ta’minoti to‘liq to‘xtalishi haqidagi xabarlar asossiz. 

“Lekin aytib o‘tishimiz kerakki, soat 14:00 dan 17:00 ga qadar gaz bosimi biroz pasayishi kuzatilishi mumkin. Ayni paytda gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida barcha choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, soat 17:00 dan keyin gaz bosimi normal holatda iste’molchilarga yetkaziladi.

“Konets sveta”

Kecha, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing