Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti`da YPX inspektorini bosib ketdi
3-sahifa
−
02 Sentabr 2020
31246Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi avtomobilda bosib ketilgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi.
Poytaxt IIBB mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unda bildirilishicha, YTH kecha, 1 sentyabr kuni soat 19:00 lar atrofida Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.
Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvchidagi Captiva rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Serjant Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlagan. Shu vaqtda Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini bosib ketgan.
YTH natijasida 30 yoshli Salim Umarov tan jarohati olib, shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda tergov oldi surishtiruvlari olib borilyapti. Yig‘ilgan hujjatlar prokuratura organiga berilgan.
LiveBarchasi