Toshkentda 18 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
17 avgust 2022 44418 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 18 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 16 avgust kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasi (ko‘prik usti)da bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan bir qancha transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Boshqarma YTHda qancha avtomobil ishtirok etganiga aniqlik kiritmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025