Toshkentda 150 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
16 iyul 2020
13760Bugun, 16 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 204 nafarga oshib, 14991 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlar:
• 44 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
• 126 nafari Toshkent shahrida (shundan 87 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida);
• 34 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 6263 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi