Toshkentda 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yashnobod tumanida 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 aprel kuni soat 11:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Unda “Kamaz” rusumli tirkamali yuk avtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashina: 3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker-2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia-2, 1 ta Nexia-3, 1 ta Chery, 3 ta Lacetti ishtirok etgani aytilmoqda.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. YTH oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent 15 ta avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made