Toshkentda 14 nafar fuqaroni chuv tushirgan firibgarlar ushlandi
3-sahifa
−
07 avgust 2023
4373Poytaxt Toshkentning Mirobod tumanida fuqarolarga uy olib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.B.” MCHJ rahbari M.N. va boshqalar 14 nafar fuqaroga Toshkent shahri va viloyatidan kreditga uy olib berishni va’da qilib, soxta shartnomalar tuzishgan. Umumiy hisobda 1,9 mlrd so‘m va 18 ming 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi