Toshkentda 132 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 132 nafarga oshib, 20 952 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlar:

84 nafari Toshkent shahrida;

48 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 18 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 15 nafar, jami 140 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 11 245 (+140) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 588 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing