Toshkentda 13 yashar qiz qidiruvga berildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda 13 yashar qiz yo‘qolib qoldi. Uning qidirilayotgani haqidagi ma’lumot Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilindi. 

2007 yilda tug‘ilgan Baxriddinova Odina Qayum qizi joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 10:45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. 

Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari to‘q jigar rang, yuzi yumaloq, ko‘zlari qora. 

Kiyimlari: qora kalta ko‘ylak, oyoqlariga “bosonojka” kiygan.

Qidiruvga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizmumkin: 71-232-30-40, 71-232-40-50, 71-278-58-40 yoki 102, shuningdek qizning qarindoshlarining raqamlari: 99-646-85-03, 91-548-67-47, 99-842-60-11.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentda uyidan go‘zallik saloniga deb chiqib ketgan 26 yashar Mehribonu Iskandarova ham qidiruvga berilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay IIBB uning topilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qidiruv

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing