Rossiyada 20 yil qidiruvda bo‘lgan mashina Qibraydan topildi
3-sahifa
−
16 fevral 2021
23021Rossiya Federatsiyasida biri 20 yil ikkinchisi 10 yil mobaynida qidiruvda bo‘lgan transport vositalari Qibray va Toshkent tumanlarida saqlab kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga Qibray tumanida yashovchi fuqaro G‘.S. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida o‘ziga tegishli "Vaz-2106" transport vositasini uzoq yillar uyida saqlab kelganligi, ilgari fuqaroligi bo‘lmagani sababli fuqaroligi yo‘q shaxslarga beriladigan davlat raqam belgisini olganini ma’lum qilgan.
Hozirda esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgani uchun tegishli tartibda transport vositasining qayd etish guvohnomasini almashtirib, boshqa davlat raqam belgisi berishni so‘ragan.
Ushbu transport vositasiga tegishli ma’lumotlarni va transport vositasini agregat raqamlarini O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi”dan tekshirganida avtomobil 2000 yilning 12 mart kunida Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahridan olib qochilgani hamda qidiruvda ekani aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent tumanida yashovchi fuqaro I.A. sotib olgan “GAZ-330202” rusumli yuk transport vositasini rasmiylashtirish uchun DYHXXga olib kelgan. Ushbu avtomobilning ham agregat raqamlari tekshirilgan. Natijada transport vositasi 2011 yilda beri qidiruvda ekanligi, uni noma’lum shaxslar Rossiya Federatsiyadan olib qochganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirgi kunda har ikkala holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli xulosa qilish uchun tergov organiga topshirilgan.
LiveBarchasi