Toshkentda 120 ming dollarlik kurash turniri o‘tkaziladi

Sport

image

Joriy yilning 22 noyabr kunida Toshkent shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – World Series Pro turniri o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turnir ishtirokchilaridan erkaklar -66 kg, -81 kg, -90 kg va mutlaq vazn toifalarida ayollar -57 kg, -70 kg va mutlaq vazn toifalarida gilamga chiqadi. Musobaqada 4 ta qit’a – Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikadan kelgan sportchilar bahslarga kirishadi. 

Umumiy sovrin jamg‘armasi 120 ming dollarni tashkil etgan musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchilar 10 ming, 2-o‘rin egalari 5 ming, bronza medali sohiblari esa ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, bellashuvlarda eng yaxshi ayol va erkak kurashchi nomini qo‘lga kiritgan sportchiga 500 AQSH dollari beriladi.

Bahslar Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa O'zbekiston kurash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing