Toshkentda 12 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Joriy yilning may oyida Toshkent shahri Uchtepa tumanida 12 yoshli qiz Matiz rusumli avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mashina haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, haydovchi tezlik soatiga 30 km qilib belgilangan joyda 70 km/soat tezlikda harakatlanishi oqibatida 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda qizaloq vafot etgan.

“O‘g‘limni mazasi bo‘lmagani sababli tezlikni oshirdim. Xayolim chalg‘ib, qizni urib yubordim. Zudlik bilan uni shifoxonaga olib bordim, unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Ammo, bir soatlardan keyin qiz vafot etgani haqida xabar berishdi”, deydi haydovchi.

Aniqlanishicha, avtomobil aslida sudlanuvchiga tegishlimasligi yetmaganidek, u mashina boshqarish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarga ham ega bo‘lmagan.

“Qizalog‘im o‘sha kuni oyisidan uyning kalitini olib kelish uchun yo‘ldan o‘tayotgan edi”, deydi marhumaning otasi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ayblanib, 3 yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilgan va unga nisbatan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing