Toshkentda 12 yoshli bola Matiz urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
17 may 2023
6413Toshkent shahri Uchtepa tumanida tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli bolani Matiz urib yubordi. Bola olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 16 may kuni taxminan soat 19:00 larda Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan M.A. ishonch qog‘ozi asosida Matiz avtomashinasida harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyoda, 2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 19 yoshli yigit boshqarayotgan Damas rusumli avtomashina 14 yoshli 2 nafar o‘quvchi qizni urib ketgan edi. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi