Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
28 aprel 2023
9817Toshkent shahrining Yunusobod tumani KHAY - Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahada ommaviy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qildi.
Aytilishicha, kecha, 27 aprel kuni soat 13:40 larda “KamAZ”, Isuzu, Howo, “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt va 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga “KamAZ” rusumli avtoulov chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda mashinaning tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomashinasidagi yo‘lovchi tan jarohati olgan. U shifoxonaga olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar