Toshkentda 11 yashar qizning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mast holda transport boshqarib 11 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Sudda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatini qilganlikda ayblanayotgan sudlanuvchining ishi ko‘rib chiqilgan. Ish hujjatlarida keltirilishicha, 2022 yilning dekabr oyida sudlanuvchi 4 nafar yo‘lovchi bilan mast holda Lacetti avtomobil boshqarib ketayotganda, Cobalt rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida Lacetti haydovchisi U.T., Cobalt haydovchisi M.A. hamda unda bo‘lgan 2011 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi M.M. tan jarohatlari olgan. Cobalt avtomashinasi salonida bo‘lgan 11 yoshli qiz ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni transport vositalarini boshqarish huquqidan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchidan jabrlanuvchi foydasiga 39 801 112 so‘m undirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing