Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Malibu-2 haydovchisi piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yilning 27 iyun kuni soat 20:10 atrofida tumanning Ko‘rkam obod mahallasida – Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 16 yoshli A.X. Malibu-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 1985 yilda tug‘ilgan 39 yoshli piyodani urib yuborgan.
 

️Oqibatda erkak olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Piyodaning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Mashina ichida Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 4 nafar 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Ular avtomobilni ijaraga olgan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida va yuqori tezlikda harakatlangan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda maktab o‘quvchisi Nexia-2'da 6 yashar qizni urib yuborgandi. Qizaloq shifoxonaga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent shahri Malibu-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made