Toshkentda 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi
3-sahifa
−
18 Oktabr
6647Kecha, 17 oktyabr kuni Toshkent viloyatida 1 yoshli qiz hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:44 da Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” mahallasida joylashgan novvoyxonalarning biri hovlisidagi hojatxonaga 2023 yilda tug‘ilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. Shundan so‘ng qizcha malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
“Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi uylarning birida 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketgandi.
LiveBarchasi