Namanganda 1 yoshli chaqaloq hojatxonaga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 may kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida 2025 yilda tug‘ilgan bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 18:47 da tumanning “Muborak” MFY hududida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2025 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan.

Hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan yetib kelib, qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolakayni olib chiqqan. Shifokorlar tomonidan bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng u yaqinlariga topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan chaqaloq hojatxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing