Toshkentda 5 yashar qiz hojatxonaga tushib ketdi
3-sahifa
−
11:56 3740 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 5 yoshli qiz hovlidagi hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumani Obiravon ko‘chasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. 2021 yilda tug‘ilgan qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan va qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, qizaloqni olib chiqqan. Shifokorlar tomonidan bolaga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng u yaqinlariga topshirilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Uychi tumanida 2025 yilda tug‘ilgan bola hojatxonaga tushib ketgan edi.
Live
Barchasi