Toshkentda 1 tup daraxt kesgan shaxslar 27,8 mln so‘m jarima undirildi (video)
3-sahifa
−
21 may
2918Toshkent shahrida noqonuniy daraxt kesgan shaxslarga 27 million so‘m miqdorida jarima solindi. Bu haqda bugun, 21 may kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bir guruh niqobli shaxslar tomonidan davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida daraxt kesilayotgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Yunusobod tumani bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 16 aprelga o‘tar kechasi tumanning 8-mavzesi hududida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida ildiz qismi bilan olib tashlagan.
“O‘rganishlar natijasida huquqbuzarlar D.E va A.A dan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 4-ilovasiga binoan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 880 000 so‘m undirib olindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq shahrida 5 tup chinorni noqonuniy kesgan shaxslar 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
LiveBarchasi