Koronavirusga chalingan toshkentlik 32 yoshli homilador ayol vafot etdi

Jamiyat

−

image

Toshkentda 30 haftalik homilasi bo‘lgan 32 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 32 yoshli D.I. (ayol)da 2 iyuldan holsizlik, isitma 38 S darajagacha ko‘tarilishi, yo‘tal boshlangan va 6 iyul kuni u “Bebimed” xususiy klinikasiga murojaat qilgan. 9 iyulga qadar uy sharoitida davolangan.

9 iyuldan boshlab shahar 7-son tug‘ruq kompleksida “29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Unda “COVID-19” tasdiqlangandan so‘ng esa 17 iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘ta og‘ir ahvolda o‘tkazilgan. U yerda unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. 

Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o‘limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo‘lgan. 

Bemorning asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing