Toshkentda hisobda turish tartibi qanday bo‘ladi?

Jamiyat 6506
image

Propiska tartibi soddalashtirilib, hisobga olish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan, fuqaroni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish fuqaroni yashash joyidan doimiy propiskadan chiqarmasdan o‘n kundan bir yilgacha muddatga amalga oshiriladi. Doimiy propiskadan o‘tmaganlik turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalari ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining даврийлигидан qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan ular kelgan zahoti bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.

Bundan tashqari, fuqaro YAIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.

Hisobda turish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda fuqaro va turar joy egasi nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:

•  Mulkdor va fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;

•  uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma);

•  16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

•  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);

•  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.

Shahnoza To‘ramurotova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 157
Reyting: 3
t
×