Ertaga – 1 aprel! O‘zbekistonda nimalar o‘zgaryapti?

Tahlil

image
Koronavirus qurbonlari 40 000 dan oshdi north_east

Koronavirus qurbonlari 40 000 dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar yana beshtaga ortdi north_east

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar yana beshtaga ortdi

Turkmaniston koronavirusga qarshi kurashning mutlaqo yangi yo‘lini topdi north_east

Turkmaniston koronavirusga qarshi kurashning mutlaqo yangi yo‘lini topdi

Ertaga 2020 yilning to‘rtinchi oyini qarshilaymiz, bu ikkinchi chorakka qadam degani. QALAMPIR.UZ doimgi an’anani davom ettirib, yangi oyning boshidan o‘zbekistonliklarni qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida xabar qiladi. 1 apreldan propiska tizimida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, bir qancha vatandoshmiz kutgan fuqarolik to‘g‘risidagi hujjat kuchga kiradi, soliq va boshqa sohalarda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Ushbu materialda ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Propiska tizimi yo‘q bo‘lmaydiganga o‘xshaydi

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish nazarda tutilgan. Ichki ishlar vazirligi bu bo‘yicha o‘z qonun loyihasini ishlab chiqdi va hozirda muhokama qilinmoqda.

Ammo loyihada bir necha fuqaro birgalikda mulk sotib olish huquqi cheklanmoqda. Doimiy propiska qilingandan so‘ng 3 yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskasini yo‘qotish qismi kiritilmoqda. Toshkentda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yurish muddati 10 kungina qilinmoqda. Loyiha muhokamasi 31 martgacha davom etadi.

“Pasportsiz” vatandoshlar xursand bo‘ladigan bo‘ldi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 58 moddadan iborat qonun ham 1 apreldan kuchga kiradi. 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola yuqorida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

-    so‘rovnoma;

-    fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi;

-    nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

-    arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa);

-    davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati ariza topshirilgan kundan e’tiboran uch oyni tashkil etadi.

Hokimliklardan yana bir tizim ajratib olinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, kelayotgan 1 aprel sanasidan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari Davlat xizmatlari agentligi tizimiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlik FHDYO organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradi. Avval FHDYO organlari tuman yoki shahar hokimligi tasarrufida edi.

Soliq prefernsiyalarining ko‘pidan voz kechiladi

Davlat rahbarining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida“gi farmoniga ko‘ra, Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan deyarli barcha imtiyozlar 2020 yilning 1 aprelidan boshlab bekor qilinishi belgilangan.

Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat bo‘yicha soliq imtiyozlari saqlanib qolindi. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchini yo‘qotmaydi.

Yangicha davlat xizmatlari joriy qilinadi

Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, yangi oyning birinchi kunidan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari belgilandi. Ular quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Unga muvofiq, 1 apreldan boshlab:

-    ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;

-    fuqarolarga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali taqdim etiladi;

-    narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 1 aprelga qadar avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimiga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turgan fuqarolar haqida tegishli ma’lumotlarni kiritib, elektron baza shakllantirilishini ta’minlashi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tegishli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilishi kerak.

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yerlar ajratiladi

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan.

2020 yil 1 apreldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati Qibray va Toshkent tumanlari, Farg‘ona viloyati Farg‘ona va Oltiariq tumanlari hamda Qashqadaryo viloyati Kitob va Nishon tumanlarida:

-    jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi;

-    jismoniy va yuridik shaxslarga keyinchalik tanlovga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;

-    qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mexanizmi joriy etiladi.

MTM xodimlariga haq to‘lash tartibi o‘zgaradi

2020 yil 9 mart kuni “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi

2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II  va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi. Quyidagi tartib joriy qilinishi boshlanadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo Propiska so'rovnoma

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing