Toshkent viloyati va poytaxt propiskasi bo‘yicha yangi qonun qabul qilinishi kutilmoqda
Jamiyat
−
05 aprel 2019
7395“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Mazkur qonun 3 moddadan iborat.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 37-son, 375-modda; 2016 y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“3. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar – vasiy (homiy) va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) shaxslar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.”.
Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini zarur.
Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash Vazirlar Mahkamasiga yuklatilmoqda.
LiveBarchasi