Toshkentda hibsga olingan deputat voyaga yetmagan bolani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

3-sahifa

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Aeronavtika Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi, siyosatshunos va jamoatchilik faoli Nuriddin Zaynitdinov 13 aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.

“Sukut saqlama” loyihasining ma’lum qilishicha, Zaynitdinov O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingan.

"Jinoyat qurboni 14 yoshli o‘smir bo‘lib, uning ota-onasi jinoyat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan. Huquq-tartibot idoralarining tasdiqlashicha, deputatga ushbu modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

deputat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing