Toshkentda “Haj” uchun viza olib berishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
02 iyun 2023
5315Toshkent shahrining Yashnobod tumanida fuqarolarga 20 ming AQSH dollari evaziga Haj vizasini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan MCHJ rahbarlari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 may kuni Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yashnobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari fuqaro Yu.A.ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib ko‘rish uchun Shayxontohur tumanida joylashgan “E.R” MCHJ ofisida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda MCHJ rahbari X.M. va menejeri B.Ch. fuqaro A.M.ning ishonchiga kirib, unga va onasiga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali Haj ziyoratini amalga oshirish uchun Haj vizasini tayyorlab berishni va’da qilgan. Buning evaziga 20 ming AQSH dollari so‘ragan. Kelishilgan pullardan 4 ming dollarni olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar Ya.X., M.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Haj”tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 364-sonli qaroriga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi