Toshkentda hayit kuni jamoat transporti 1 soat oldin ish boshlaydi
Jamiyat
−
18 mart 755 2 daqiqa
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yil 20 mart kuni Toshkentda jamoat transporti ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, 20 mart – Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Bayram kunlarida “Toshkent metropoliteni” DUK yo‘nalishlarida poyezdlar harakati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- 2026 yil 20–21 mart kunlari metro poyezdlari harakati shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi.
- 2026 yil 22–23 mart kunlari esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
Yo‘lovchilardan mazkur jadvalni inobatga olgan holda o‘z harakatlarini rejalashtirish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20 martga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgan edi. Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
- 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni.
- 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
Live
Barchasi